Home / TARIXIY OBIDALAR / TOSHKENTDAGI OBIDALAR / ZANGI OTA YODGORLIK MAJMUASIDAGI

ZANGI OTA YODGORLIK MAJMUASIDAGI

ZANGI OTA YODGORLIK MAJMUASIDAGI 

zangi-otaa

ZANGI OTA MAQBARASI.

XIV asr oxiri XIV asrda yashagan Markaziy osiyolik mutafakkir Zangi otaning asli ismlari Oyxo‘ja ibn Toshxo‘ja bo‘lgan. Ahmad Yassaviyning ustozi Arslonbob Eshonning avlodi hisoblanadi.
Ranglari qora bo‘lgani uchun zangi (zanji) deyishgan. Tasavvuf ilmining targ‘ibotchisi – Zangi ota islom olamidagi ulug‘ mutasavvif
donishmandlardan biri bo‘lib, uning nomi faqat Movarounnahrda emas, balki Xuroson xalqlari orasida ham ma’lum va mashhurdir.
Yodgorlikni Amir Temur qurdirgan, keyinchalik qo‘shimcha qurilishlar qilingan. Zangiota majmuasi madrasa (XVIII-XIX asrlar), masjid (1870) va minora (1914-15) hamda Anbar bibi maqbarasidan iborat. Madrasa (48×62 metr) hovlisi atrofida
darsxona, hujralar joylashgan. Hovli (36,5×38,5 metr)ga gumbazli
darvozaxonadan kiriladi. Peshtoqi Ulug‘bek davrida (XV asrning birinchi yarmi) qurilgan. Peshtoq, darvozaxona, ziyoratxona va go‘rxona saqlangan. Ziyoratxona bilan go‘rxona murabba
tarhli, yonma-yon, har ikkisi gumbaz bilan yopilgan. Gumbazlar qo‘shqavatli. Ziyoratxonaning mehrobi koshin bilan bezatilgan. Go‘rxonadagi sag‘ana o‘yma naqsh va yozuv bezakli oq marmar bilan qoplangan. Masjid g‘isht ustunli, devorlari girih naqsh va yozuvlar bilan bezatilgan. Sag‘ananing o‘yma naqshi, go‘rxona izorasi, ziyoratxona mehrobining bezagi va peshtoqdagi koshinli nomoyon (panno) qisman saqlangan. Majmua atrofi XXI asr
boshlarida yanada obodonlashtirilgan. Yodgorlik davlat muhofazasiga olingan.

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *


Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>