Home / TARIXIY OBIDALAR / QASHQADARYODAGI OBIDALAR / Shayx Shamsiddin Kulol maqbarasi

Shayx Shamsiddin Kulol maqbarasi

Shayx Shamsiddin Kulol maqbarasi

Shamsuddin Kulol maqbarasi – shahrisabzdagi me’moriy yodgorlik bo‘lib (XV asr), Amir Temurning otasi Amir Tarag‘ayning piri Shamsuddin Kulol qabri ustiga qurilgan. Go‘rxonaning tarhi to‘rtburchak (12,1×10,6 m), pishiq g‘ishtdan qurilgan, to‘rdagi devori ravoqli toklardan iborat. Uymakori eshigi mayda gulli. Naqshi va kufiy yozuvida yozilgan. Maqbaraning qirrador gumbazi XX asr boshlarida buzilgan, o‘rni bir ustunli tekis tom bilan ta’mirlangan. Shamsuddin Kulol maqbarasi Amir Temur davrida shakllangan yangi me’moriy uslubning ilk namunasi hisoblanadi. Ayniqsa, bino ichidagi gumbaz osti tuzilmasi – o‘zaro kesishgan ravoqlar va ular orasidagi qalqonsimon bezaklar me’moriy uslubga muhim ta’sir ko‘rsatgan.

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *


Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>