Home / TARIXIY OBIDALAR / QASHQADARYODAGI OBIDALAR / Hazrati imom maqbarasi

Hazrati imom maqbarasi

hazrati-imom

Hazrati imom maqbarasi

Hazrati imom maqbarasi -Shahrisabzdagi meʼmoriy yodgorlik (14a.). Dorus-siyodat meʼmoriy yodgorligi tarkibidagi Jahongir Mirzo maqbarasi H.I.m. nomi bilan mashhur. Dastlab sardoba, keyinroq ustiga toʻrtburchak tarhli ziyoratxona tiklangan, tashqi tomonda kichik peshtoq ham boʻlgan. X.I.m. yangi madrasa pesh-togʻi bagʻrida qolib ketgan, maqbara qaddini rostlash uchun ziyoratxona tepasi qoʻshimcha devor orqali ancha baland koʻtarilgan va ustiga yangi kulohsimon choʻqqi gumbaz oʻrnatilgan. Arxeologik tadqi-qotlar vaqtida maqbaradan 3 ta jasad topilgan. Sharafuddin ali Yazdiy “Za-farnoma”sida Keshda yashagan Buxoro va Samarqandlik mashhur imomlar orasida Hazrati Imom nomi bilan mashhur Abu Muhammad al-Kashshiyni tilga olgan. Amir Temur ajdodlari xilxonasi yaqinida shu imomning qabri boʻlgan (lekin qabr saqlanmagan). Hazrati Imom nomi yangi bunyod etilgan oliy madrasa — Dor ussiyodat qoldiqlariga koʻchib qolgan.

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *


Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>