Home / Mustaqillik haqida / O’zbek xalqlarining etnik shakllanishi

O’zbek xalqlarining etnik shakllanishi

Xalqning kelib chiqishi murakkab dolzarb muammo va ulizm tarix fanining yutuqlari bo’yicha chambarchas bog`liq. Shu kunlarga qadar xalkning kelib chiqishi yoki etnogenezi alohida fon sifatida shakllanib yetgani yo`q, ammo yaqin kelajakda o`zida qator ijtimoiy va tabiiy fanlar yutuqlarini mujassamlashtirgan etnogenez fani yuzaga kelishi shubha tug`diradi. Keyingi yillarda dunyo olimlari hamkorlikda Jahon xalqlarning etnik tarixi nomli ko`p jildlik zalvorli (fundamental) asos ustida ilmiy tadqiqotlar olib borishi fikrimizning isbotidir.

            Xalqlarning kelib chiqishi muammosi ustida ilmiy tadqiqot olib boruvchi mutaxasislar bir necha shartlarga rioya qilishi maqsadga muvofiqdir. Xalqning kelib chiqishi uzoq davom etgan murakkab jarayon ekanligini hamisha ko`zda tutib, ilmiy tadqiqotlarni kompleks tarzda olib borishimiz kyerak. Sababi, ayrim fan sohasi yutuqlari (tarix, arxeologiya, etnografiya, antropologiya, tarixiy tilshunoslik va yozma manbalar ko`p qirrali etnogenez muammosining bir tomoninigiga ochib byerishga qodir.

            Keyingi 25 yil davomida O`zbekistonda keng miqyosda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida o`zbek xalqi etnogenezi sohasida muhim ma`lumotlarni qo`lga kiritishga muvaffaq bo’lindi. Bu esa Markaziy Osiyo xalqlari, jumladan, o`zbek xalqining kelib chiqishi tarixiga oid yangi fikr va mulohadalar yuritish imkonini byermoqda. Quyida biz o`zbek xalqining kelib chiqishi tarixiga katta xissa qo’shayotgan ijtimoiy va tabiiy fanlarga chegaradosh antropologiya (odam haqida fan) natijalari asosida o`zbek xalkining etnik tarixiga oid fikrlar va mulohazalar tuzishida  gap yuritamiz.

            Markaziy Osiyo xududida qadimgi tosh (paleolit) davridan to hozirgi zamonga qadar 270 nafar qadimiy yodgorlik topilmalari va hozirgi davrda yashovchi 51 etnografik guruh (30 ming kishi) ning antropologik o`rganilishi bu mushohadalarning asosini tashkil etadi.

            Fanda o`zbek xalqining kelib chiqish tarixini o`rganishi qaysi davrdan boshlab kyerakligi haqida umumiy fikr yo`q. Qator olimlar etnogenezni yozma manbalarda xalq nomi (etnomini) tilga olingan davrdan boshlashni maqsadga muvofiq deb biladilar. Ikkinchi guruh olimlar esa bu jarayonni mumkin qadar qadimiy davrlardan boshlab kyerak, deb hisoblaydilar.

            O`zbek xalqiga xos Markaziy Osiyo ikki daryo oralig’i irqining shakllanish davri, makoni va tarixi masalalarida fanda shu kungacha yagona fikr yo`q edi. Bir guruh olimlar bu irq bundan 6-8 ming yil ilgari, ikkinchi gurux mutaxassislar 3 ming yil ilgari shakllangan desa, uchinchi guruh olimlari esa XVI asrda shakllandi deb hisoblar edilar. Antropologik izlanishlar natijasida mualliflar ikki daryo oralig`i irqining shakllanishi, juda boy antropologik ma`lumotlar asosida, bundan 2200-2300 yil ilgari boshlanganini isbotladilar.

            Olib borilgan tadqiqotlar o`zbeklarga xos antropologik qiyofa, dastavval Sirdaryoning o’rta havzasi tumanlarida, ya`ni Toshkent va Janubiy Qozog`istonning Chimkent viloyatlarida, Yettisuv mintaqasida miloddan avvalgi 1 ming yillik oxirida shakllana boshlaganligi aniqlandi. Mil. avv. III-II asrlarda bu aholi bir necha yo`nalishda Markaziy Osiyoning markaziy va janubiy viloyatlarga kirib borgan.

            Turon nomi bilan atalgan mamlakatimiz xududlarida o’troq va chorvador xayot kechirgan qadimiy avlodlar Sug`d, Xorazm, Baktr, Parkona va Tohariston nomlari astidagi vahalarda yashoganlar. Ular sharqiy yeroniy tillarga mansub sug`diy, xorazmiy, shak va tohar tillarida muloqatda bo’lganlar. Bu xalqlar janubda farsiyzabon Ajash xalqi, shimolda esa turkiy tilda suzgashuvchi utroq va chorvador xalqlar va etnik guruxlarining doimiy ta`sirida bo’lganlar. Mil. avv. 1 ming yillkning o’rtalarida va ayniqsa milodning V-VIII asrlarida shimoldagi turkiy qabilalarning Markaziy Osiyo xududlariga kirib kelish jarayoni kuchayadi. Ular mahaliy xalqlar bilan aralash-quralash yashash jarayonini o`z boshlaridan kechiradilar, bu xalqlarga til jixatdan ta`sir o`tkazib, ularning tillarini turkiylashtirib boradilar. VII-VIII asrlarda Markaziy Osiyodagi turkiy aholining asosiy qismi Chust, Yettisuv, Shosh, Farg`ona vodiysi, Zarafshon va Qashqadaryo vaholarida yashaganlar. Yozma manbalarda bu xududlar VII asrda Turkiston deb nomlangan. O’troq turmush sharoitini kechirgan mahaliy xalqlar ham asosiy kasbi charvochilik bo’lgan turkiy xalqlarga o`z ta`sirini o’tkazganlar. Ammo til nuqtai nazaridan turkiy xalqlarning ta`siri shu qadar kuchli bo’lganki, arablar bosqini arafasida Movoraunnaxr va Xorazmning tub yyerli aholisi turkilashib bo’lgan edi.

            O`zbek xalqining shakllanishidagi ikkinchi muhim davr bu IX-XII asr hisoblanadi. Bu davrda Markaziy Osiyoda, jumladan, O`zbekistonda hozirgi o`zbeklarga xos qiyofa mahaliy aholining asosiy qismini tashkil etadi.

            X asrning oxiri va XI asr boshlarida Markaziy Osiyoning katta xududlarida Qoraxoniylar davlati keldi. Qoraxoniylar bilan birga o’lkada ko’chib kelgan bir talay qabilalar: turgashlar, ug`izlar, arg`inlar va boshqa turkiy zabon qabilalar o’lkaning sharqiy yeron va turk tillarida so’zlashuvchi aholisi tarkibini etnik jihatdan yanada boyitadi, turkiy etnik katloning ustunligini bir qador ta`minlaydi. Ana shu tariqa koraxoniylar xukironligi davrida turkiy o`zbek xalqi to`la shakllanadi, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlanadi. Tarixchi olim Bo’riboy Axmedov qayd qilganidek: Eski o`zbek tiliga asos bo’lmish korliqchigil lahjasi rivoj topdi va yozma adabiyot darajasiga ko’tarildi. Korlik chigil lohjasi, aytish mumkin, shu o`zbek xalqining umumiy tili bo’lib qoldi (B.Axmedov. Tarixdan soboqlar T., O’qituvchi, 1994, 1999 bet). Bu holni Yusuf Xos Xojibning Qutadg`u bilig, Maxmud Koshg`ariyning Devonu mug`otit turi Ahmad Yugnakiyning Xibat ul-haqoyiq, Axmad Yassaviyning Xikmatnoma asarlari timsolida ochiq-oydin ko’ramiz.

            O`zbek xalqining shakllanishida uchinchi muhim davr XV asr oxiri va XVI asr Qipchok o`zbeklari kirib keladi va ular mahaliy aholiga o`z nomini byeradi. Shu b-n birga IX-X asrlarda elat, xalq qiyofasidagi mag`uliy belgilarning bir o`z faollashuviga olib keladi.

            Shunday qilib o`zb xalqlarining etnik shakllanishi uzoq davom etgan murakkab jarayon ko’pligining guvohi bo’ldik. O`zb. xalqining asosini hozirgi O`zbekiston xududida bir necha ming yillar davomida Yashab kelgan mahaliy sug`diylar, baxtarlar, xorazmiylar, saklar, massagetlar, kang`lar va davonliklar tashkil etadi. Turli davrlarda kelgan qabilalar, elatlar va xalqlar davr o’tishi b-n mahalliy aholiga o`z ta`sirini qisman o’tkazgan. O`zbek xalqining shakllanishi jarayonining barcha bosqichlarida mahalliy aholi tashqaridan kelgan aholiga nisbatan ustun bo’lgan. Ammo kelgindi aholi mahalliy aholiga o`z tilini byerdi. Lekin antropologik nuqtai nazaridan mahalliy aholining etnik qiyofasini va tashki ko’rinishni tubdan o’zgartira olmadi.

About Jahongir

Boshqalar

markaziy-osiyo

Markaziy osiyo insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri

Markaziy osiyo insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri  Hozirgi kunga kelib Vatan tarixiga bo`lgan diqqat-e`tibor nihoyatda ...

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *


Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>