Home / Tarixiy obidalar / Olloqulixon madrasasi

Olloqulixon madrasasi

Olloqulixon madrasasi

Olloqulixon madrasasi

Olloqulixon madrasasi — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1834—35). Madrasa qurilishi Ichan qalʼaning yaxlit ansambl boʻlib shakllanish tarixi bilan bogʻliq. Oʻrta Osiyo meʼmorligida keng tarqalgan qoʻshmadrasa uslubida, Ollo-qulixon timi, Xoʻjamberdibiy madrasasi, Polvon darvoza bilan oʻzaro bogʻlangan. O.m. sunʼiy tepalik (bal. 3 m) ustiga kurilgan, shu tufayli qoʻshni binolardan ancha baland koʻrinadi. Madrasi toʻgʻri toʻrtburchak tarhli (62,45×47,0 m), peshtogʻi gʻarbga qaragan. Bosh tarzini miyon-saroy, masjid va darsxona hamda 2 qavatli hujralar egallagan. Eshikdagi yozuvda binoning kurilgan sanasi saqlangan. Hovli (34,6×29,4 m) tomoni oʻziga xos, undagi 2 qavatli qator hujralar Polvon darvozaning kichik gumbazlari ustiga va qisman tim gumbazlari chekkasiga joylashgan. Mas-jid va darexona (4,8×4,8 m) tuzilishi bir xil. Usti yarim aylana shaklidagi pastak gumbaz bilan yopilgan. Devorlaridagi chuqur ravoqlar hisobiga xona keng koʻrinadi. Ayvon (5,5×5,5 m) Madrasa gʻarbida joylashgan, mehrobi ganchli muqarnasdan «iroqi» uslubida bezatilgan. Hujralar (99 ta)ning har birida bittadan eshik, tobadoniga panjaralar oʻrnatilgan.

About Jahongir

Boshqalar

Mir-Arab-madrasasi

Mir Arab madrasasi

Mir Arab madrasasi (Shayx Abdulla Yamaniy) Madrasaning bunyod etilishida homiylik qilgan Mir Аrаbning аsl ismi ...

2 Fikrlar

  1. Juda chiroyli qurilgan….!

  2. Xaqiqatdan ham bobolarimiz buyuk bo’lishgan

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *


Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>