Home / O'zbekiston tarixi / MUSTAQIL O`ZBEKISTON DAVLATINING TASHKIL TOPISHI

MUSTAQIL O`ZBEKISTON DAVLATINING TASHKIL TOPISHI

Mustaqillik maydoni

O`zbek xalqining mustaqillik uchun intilishi

XX asr intihosida dunyoning qariyb uchdan bir qismida misli ko`rilmagan hodisalar sodir bo`ldi. «Sotsializm» deb atalgan totalitar tuzum, «kommunistik mafkura» deb atalmish zo`ravonlik va tazyiqqa asoslangan mafkura tanazzulga uchradi. Bunday «kommunistik mafkura»ni butun jahonga, Yer yuziga yoyishni da’vo etgan SSSR jamiyat sifatida ham, davlat sifatida ham jarga quladi. Uning tarkibiga kirgan ittifoqdosh respublikalar tom ma’nodagi mustaqil davlat maqomini oldilar.

Turkiston tarixiy rivojlanishning hamma bosqichlarida turli shakldagi bo’linishlarga, uning xalqi o`zgalar tomonidan tahqirlanishga, kamsitilishlarga duchor bo`lgani hammamizga ma’lum.

Xalqimizning ahamoniylar, grek-makedoniyaliklar zulmiga, arablar istilosiga, mo`g`ul-tatar bosqinchiligiga qarshi va nihoyat chorizm mustamlakachiligiga qarshi olib borgan milliy-ozodlik harakatlari tarix sahifalarida abadiy qolgan.

Ayni chog`da, yaqin o`tmishda, sovet hokimiyati yillarida o`zbek xalqi Markazga tobeligiga qarshi, aniqrog`i, O`zbekiston milliy mustaqillikka erishish uchun tarixiy vaziyatga qarab goh oshkora, goh pinhona tarzda kurash olib borgan.

Biz bunday kurashlarni yangidan-yangi manbalar orqali tobora chuqurroq anglab bormoqdamiz. Bir so`z bilan aytganda, xalqimiz azal-azaldan o`z fikri-zikri bilan mustaqil, ozod, erkin yashash uchun tinimsiz intilgan.

About Jahongir

Boshqalar

O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari

O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari Jahonning turli mintaqalarida ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi jarayonida ...

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *


Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>