TO’Y VA MOTAM

Atala bo’lsa ham to’y bo’lsin.

Yomg’ir yog’sa, to’ning ho’l bo’lar,
Otang o’lsa, uying cho’l bo’lar.

Kafan kiygan ketar,
Kebanak kiygan kelar.

Kelinning keldisi yaxshi,
To’yning bo’ldisi yaxshi.

Ketgan kelar,
Ketmonlangan kelmas.

Mozorga tushgan tirik chiqmas.

Og’rigandan uzilgan yomon.

Siyrak elak kunda kerak,
Paxta elak to’yda kerak.

Tirikligida siylamasang, o’lganida yig’lama.

To’y ginasiz bo’lmas.

To’y siltovi bilan to’n bitar.

To’y – to’nliniki.

To’yga borsang, burun bor,
Burun borsang, o’rin bor.

To’yga borsang, to’yib bor,
Yomonliging qo’yib bor.

To’yga borsang, to’yib bor,
To’y to’ningni kiyib bor.

To’yga – qo’shiq,
Azaga – yig’i.

To’yganga – to’y, to’ymaganga – tomosha.

To’ylikning to’ycha tashvishi bor,
Uylikning uycha tashvishi bor.

To’yning bo’ldi-bo’ldisi qiziq.

Uyquning tinchi yaxshi,
O’limning – kechi.

Urishsiz uy yo’q,
Azobsiz – go’r.

O’zakli jonda o’lim bor.

O’lgan kelmas, o’chgan yonmas.

O’lganiga chidasang, qo’y qil,
Yeganiga chidasang, to’y qil.

O’lim borning molini sochar,
Yo’qning sirini ochar.

O’lim shoh-u gadoga barobar.

O’lim qosh bilan qovoqning orasida.

O’lim – haq, meros – halol.

O’limdan achchiq narsa yo’q,
Shodlikdan ortiq boylik yo’q.

O’limdan qochib bo’lmas.

O’lmak, o’lmakning ishi – ko’mmak.

O’lsang go’ring keng bo’lsin,
Tiriklikda – fe’ling.

O’tganni qaytarib bo’lmas,
O’lganni – turg’izib.

O’tgusiz daryo bo’lmas,
O’limsiz dunyo bo’lmas.

O’g’ilning to’yi – o’yin,
Qizning to’yi – qiyin.

Qazosi yetsa qozi o’lar.

Qari o’lsa – davlat,
Yosh o’lsa – qiyomat.

Qari qiz er tanlamas,
O’lgan odam yer tanlamas.

Qo’y semizi – qo’ychidan,
To’y tamizi – to’ychidan.

Har kim to’ygan to’yini maqtar.

YOSHLIK VA QARILIK

Avval – bahor, oxir – xazon.

Ayolning o’ttizga kirgani –
O’tin bo’lgani.

Aldashga bola yaxshi,
Xudo ursin momoni.

Arslon qarisa, quyrug’ini o’ynar.

Beshik bolasi – bek bolasi.

Beshikdagi besh turlanar,
Qayoqqa bursang, shunga o’rganar.

Bir bolani katta qilguncha,
Bir shahar paydo bo’lar.

Bir shaharni bir bola buzar.

Bola – shirinlikning adoyi,
Qariya – shirin so’zning gadoyi.

Burgut qarisa, yapaloqqush bo’lar.

Bo’ri qarisa, itga kulgu bo’lar.

Dard yomon,
Darddan qarilik yomon.

Yetmish, yetmishdan keyin ketmish.

Yosh bilmaydi,
Katta qiymaydi.

Yosh kelsa – ishga,
Qari kelsa – oshga.

Yosh ketaman deb qo’rqitar,
Qari – o’laman deb.

Yosh chog’im – oltin chog’im.
Yoshi yetmay, ishi yetmas.

Yoshing oshgach, yodgorlik qo’y.

Yoshni xudo saqlar,
Qarini – ovqat.

Yoshlik – beboshlik.

Yoshlik yoshga qaramas,
Qarilik – sochga.

Yoshlikda bilgani – toshga yozgani,
Qarilikda bilgani – muzga yozgani.

Yoshlikda eksang, qarilikda o’rasan.

Yoshlikda o’rgangan hunar,
O’zingga o’ljaga qolar.

Yoshlikdagi g’ayrat – keksalikdagi rohat.

Yoshlikning yeli kuchli,
Keksalikning – aqli.

Yoshning hurmati – qarz,
Qarining hurmati – farz.

Yosh-u qarining joni bir,
Oriq-semizning imoni bir.

It qarisa, tozi bo’lar,
Qiz qarisa, qozi bo’lar.

It qarisa, qopolmas,
Ot qarisa, chopolmas.

Yigit ketardan,
Qari o’lardan qo’rqitar.

Yigitga og’ir narsa ham yengil tuyular,
Keksaga yengil narsa ham og’ir tuyular.

Yigitlik – bir guliston,
Qarilik – bir zimiston.

Yigitlik yelib o’tar,
Qarilik – chopib.

Yigitlik – mastlik,
Qarilik – sustlik.

Yigitlik – umr gulshani.

Yo’tal – keksaning hamrohi.

Kampir o’laman deb qo’rqitar,
Kelin – ketaman deb.

Keksalik – ko’prik.

Keksaning yoshini so’rama, ishini so’ra.

Kichikdan – xato,
Kattadan – ato.

Kichikdan – qusur,
Kattadan – uzr.

Kichiklarning kattasi bo’lguncha,
Kattalarning kichigi bo’l.

Kichikni maqta, kattani saqla.

Kosib qarisa, yamoqchi bo’lar,
Otin qarisa, yuvuqchi bo’lar.

Nodon bosh bo’lmas, ko’pik osh bo’lmas,
Qarilik qaytib, qayta yosh bo’lmas.

Noz qizga yarashar,
Kampirga balo bormi.

Odam qarib, yo’ldosh bo’lar,
Daraxt qarib, qush qo’nar.

Olti yashar yo’lda bo’lsa,
Oltmish yashar yo’ldan chiqsin.

Olti yashar yo’ldan kelsa,
Oltmish yashar ko’rgani kelar.

Olti yashardan so’rama,
Oltmish yashardan so’ra.

Oltmishga kirgan otadan osh so’rama.

Ot qarisa – oxurda,
It qarisa – chuqurda.

Suvsiz yerda tol bo’lmas,
Qarimagan chol bo’lmas.

Tuya qarisa, bo’tasiga ergashar.

Uzoq bo’lsa ham, yo’l yaxshi,
Qari bo’lsa ham, qiz yaxshi.

Choi suhbati – chol bilan.

Er qarisa – el ichida,
Sher qarisa – g’or ichida.

Er qarisa, erki ketar,
Xotin qarisa, ko’rki ketar.

Yuk yig’ilib, toyloqqa qolar.

O’zbekning kichigi bo’lguncha,
Kuchugi bo’l.

O’t tutunsiz bo’lmas,
Yigit – yoziqsiz.

Qari bor uyning zari bor.

Qarisi bor uyning parisi bor,
Parisi bor uyning barisi bor.

Qari uyning farishtasi,
Saranjomi, sarishtasi.

Qarida xislat ko’p.

Qarilarni qarg’atma,
Yosh joningni og’ritma.

Qarilik – bolalik.

Qarilik – davosiz dard.

Qarilik davri – qishday,
Yoshlik davri – yozday.

Qarilik uy – qayg’uli uy.

Qarilikni donolik bezar,
Yoshlikni – kamtarlik.

Qarini kaftda saqla,
O’ligini hafta saqla.

Qarining ko’zi – qozonda.

Qarining qarg’ishi – qattiq.

Qarchig’ay qarisa, chumchuqqa mayna bo’lar.

Qarg’a qag’illab g’oz bo’lmas,
Kampir shingqillab qiz bo’lmas.

Qirqida sumaychi bo’lgan, o’lganda chalar.

Qirqida qo’liga soz olgan,
Qiyomatda qulog’ini burar.

Har keksadan bir naql.

Har kimning joni o’ziga shirin.

Ho’kizga tuqqan kun,
Buzoqqa ham tug’adi.

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *


Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>