Home / BUYUK SHAXSLAR / O‘ZBEK ZIYOLILARI / Xayriddin Sultonov

Xayriddin Sultonov

Xayriddin Sultonov Hozirgi davr o‘zbek nasri taraqqiyotida iste’dodli yozuvchi Hayriddin Sultonovning munosib o‘rni bor. U 1956 yil 18 yanvarda Toshkeit viloyati Qibray tumani, Tuzil qishlog‘ida oddiy mehnatkash oilada dunyoga kelgan. 1963—1973 yillarda Parkent qishlog‘idagi 42-o‘rta maktabda o’qib, uni muvaffaqiyatli tugatadi.

1973—1978 yillarda esa Toshkent Davlat dorilfununining jurnalistika fakultetida tahsil oladi. Uning mehnat faoliyati asosan 80-yillardan boshlangan bo‘lib, avval «Guliston», «Yoshlik» kabi oynomalarda, G’. G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida faoliyat ko‘rsatdi. Hozirgi kunda u G’. G’ulom nomli nashriyotda bosh muharrir bo‘lib ishlamoqda.

Xayriddin Sultonovning ijodi 70-yillarning ikkinchi yarmidan boshlangan bo‘lib, hikoya, qissalari ro‘znoma va oynomalarda ketma-ket bosildi. Adibning «Quyosh barchaga barobar» (1980), «Bir oqshom ertagi» (1983), «Onamning yurti» (1987), «Umr esa o‘tmoqda» (1988), «Boburning tushlari» (1992) kabi kitoblari keng o‘quvchilar ommasiga tanish. Shuningdek, u «Changak», «Moziydan bir sahifa» kabi videofilmlar hamda «Tushlarimda ko‘rib yig‘layman» kabi badiiy filmlarning ssenariy muallifi hamdir.

Xayriddin Sultonov faqat iste’dodli adibgina emas, balki mohir tarjimon hamdir. Jumladan, A.Sent-Ekzyuneri, Yu.Nagibin, S.Alekseyev, V.Shukshin kabi adiblar asarlari Xayriddin Sultonov tarjimasida o‘zbek kitobxoniga yetkazildi.

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *


Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>