To’ra Mirzo

To'ra Mirzo Iste’dodli shoir va dramaturg To‘ra Mirzo (To‘ra Mirzo Jabborali Dadamirzo o‘gli) 1956 yili Namangan viloyati, Chortoq tumanining Peshqo‘rron qishlog’ida tug‘ilgan. O’rta maktabdan so‘ng u 1979 yili Mannon Uyg’ur nomidagi Toshkent San’at institutining teatrshunoslik bo‘limini tugatdi. 1989 yilda esa Moskvadagi Oliy Adabiyot instituti dramaturgiya bo‘limini bitiradi. So‘ngra bir qator ijodiy idoralar, oynoma va ro‘znomalarda faoliyat ko‘rsatadi. Hozirgi kunda esa u Respublika Targ’ibot Markazining bosh direktori vazifasida ishlamoqda.

To‘ra Mirzoiing ijodi garchi 70-yillariing‘ ikkinchi yarmidan boshlangan bo‘lsa ham, birinchi she’rlar to‘plami — «Maysalar hayqirigi» 1983 yilda chop etiladi. Shundan so‘ng uning bir qator she’riy majmualari o‘zbek, rus va turk tillarida bosiladi. Jumladan, «G’o‘ro‘glining belanchagi», «Tonggi maktublar», «Kulgixona», «Amir Temur vasiyati» kitoblari o‘zbek tilida chiqadi. Shuningdek, uning «Dobriy znak», «Vozvrashenie v Ferganu» (Moskvada) to‘plamlari rus tilida, «Bilga tunokuk vasiyati» manzumasi va turkum she’rlari Turkiyada nashr bo‘ladi.

To‘ra Mirzo iste’dodli shoir bo‘lishi bilan birga, mohir dramaturg va yetuk tarjimon hamdir. Uning qalamiga mansub bo‘lgan «Bekat», «Tonggi tramvay», «Poytaxt latifalari», «Saratondagi izg’irin» kabi dramatik asarlari sobiq SSSRning Butunittifoq dramaturgiya ko‘riklarida bir necha bor yuksak sovrinlarga ega bo‘lgan. Shuningdek, adibning «Qovrilgan o‘rdak parvozi», «Muhabbatga o‘q tekkan kun», «Ahmad ila Oqbilak» singari dramalari respublika va viloyat teatrlari sahnasidan munosib o‘rin olgan. Hozirgi kunda esa uning «Amir Temur» dramasi Qashqadaryo viloyat teatrida sahnalashtirildi. Ayni chog‘da shu asosda O’zbekiston Respublikasi televideniesida ikki qismli videofilm yaratilgan. Xullas, adib To‘ra Mirzo butun ijodi davomida boy tarixiy merosimiz, buyuk tarixiy shaxslar, ilmiy-madaniy yutuqlarimiz, milliy ma’naviy boyligimizni e’zozlab keladi. Shu jihatdan uning asarlarida tarixiy haqiqat, tarixiylik va falsafiy mushohadalar uzviy, yaxlit bir tarzda namoyon bo‘ladiki, bu uping o‘ziga xos uslubini tayin etishga yo‘l ochadi.

U mohir tarjimon sifatida Jon Gloyl Pristanlining «Xazina», Agata Kristining «Qopqon», Valeriy Shuljikning «Tegirmon tepasidagi quyosh», Aziz Nesinning «Yashasin sarg‘ish pushti rang» kabi dramatik asarlarini o‘zbeklalashtirgan.

Kitobxon va tomoshabinlar yetuk shoir, mohir dramaturg va malakali tarjimon To‘ra Mirzodan umidi katta.

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *


Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>