Home / BUYUK SHAXSLAR / O‘ZBEK ZIYOLILARI / Jonrid Abdullaxonov

Jonrid Abdullaxonov

Jonrid Abdullaxonov Adabiyotimizga 50-yillarda bir guruh iste’dodli yosh ijodkorlar kirib keldi. Ular orasida bo‘lg‘usi adib Jonrid Abdullaxonov ham bor  edi.  U 1929 yilda Namanganda oddiy mehnatkash oilasida dunyoga keldi.  Beshafqat urush uning murg‘ak taqdiriga ham o‘z changalini soldi. Avvaliga onasi Shahribonu hamshira sifatida frontga ketib, yil o‘tmay qoraxat   keldi.   Ko‘p o‘tmay  otasi    Muhiddin  Abdullaxonov jangga ketib qaytmadi.

Bor-yo‘g‘i 14 yoshga kirgan Jonrid taqdir so‘qmoqlaridai cho‘chimay Namangandan Toshkentga piyoda yo‘l oldi. Safar taassurotlari, odamlar bilan uchrashuv oz bo‘lsa ham uning dardiga malham bo‘ldi. Eng muhimi yo‘l-yo‘lakay M. Gorkiyning «Odamlar orasida» asarini dilida instsenirovka qilib, «Aleksey Peshkov» nomi bilan radioga keladi. Jonrid ijodi xuddi shu asar bilan boshlandi. Bosh rolni ham Jonrid — adib, Jonrid — aktyor bo‘lib ijro etdi. Ayni chog‘da o‘qish, bilimini oshirish yo‘lidan bordi. Avval Toshkent Davlat dorilfununiiipg jurnalistika fakultetini, so‘ng Moskvada Oliy adabiyot kursini tugatdi. Bir tomondan Oydin, Said Ahmad, Hamid G’ulom, Hakim Nazir, Turob To‘la, qolaversa, Konstantin Paustovskiy, Stepan Zlobin kabi adiblar unga ustozlik qildilar. Radio, televidenieda ham O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasidagi ijodiy mehnati   uning  ijodkor   bo‘lib  shakllanuvida  mahorat maktabi rolini bajardi.

Asta-sekin uning she’riy asarlari, hikoyalari matbuotda ko‘rina boshladi. Ko‘p o‘tmay uning «Maktabdoshlarim»  (1952) nomli birinchi she’riy to‘plami, «Hikoyalar»   (1956), «To‘yga kelinglar»   (1960), «Chudesniye minuti» (1960), «Tong yorishgan sohilda»  (1962) kabi hikoyalar to‘plamlari nashr etiladi. Ularning deyarli hammasida   yoshlarning,   tengdoshlarning   hayoti,   intilishi, muhabbati va tashvishlari o‘z ifodasini topadi. Uning «Gulchehra»   (1962)  qissasi yo‘l haqida, qurilish, bunyodkorlik haqida edi. Adibning birinchi yirik epik asari — «Yo‘l»   (1964)   romani ham xuddi shu yo‘l haqida hikoya qilardi.  Shundan  so‘ng muallifning  ketma-ket «Borsa kelmas»   (1—11  kitob,   1978—1980),   «Xonadon», «Suiqasd» (1991) kabi romanlari chop etildi.

«To‘fon» ishchilar sinfi hayotidan hikoya qilsa, «Borsa kelmas» romanida Orol muammosi, ona tabiat muhofazasi masalalari o‘z ifodasiii topgan edi. So‘pggi «Suiqasd» romanida mehnatkash haqiga xiyonat qilgan. jamiyatni ma’naviy-iqtisodiy inqirozga olib kelgan yulg‘ich, poraxo‘r va ko‘zbo‘yamachilarning aft-basharasi fosh etiladi.

Yozuvchi Jonrid Abdullaxonov hamon mas’ul va qutlug‘ yo‘lda, ijodiy izlanishda.

Fikr bildirish

E-mail manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Majburiy bo'limlar belgilangan *


Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>